Asosiy qismga o‘tish

Tizim ko‘rsatadi — biz tuzatamiz

Sotuvchilaringiz bilan har kuni biz ishlaymiz

Sotuvchilaringizning qo‘ng‘iroqlarini har kuni eshitamiz va ularni eng yaxshi sotuvchingizdek gaplashishga o‘rgatamiz. Bu shunchaki dastur emas — sotuvchilaringiz bilan shaxsiy mutaxassis ishlaydi.

DeepSales mutaxassisi

Aziz bilan chat

Namuna

Qo‘ng‘iroqdan parcha · 2:14

Mijoz: "Qimmat ekan..."

Sotuvchi: "Ha, qimmat."

Aziz, «qimmat» e’tiroziga jamoada mana shu javob eng yaxshi natija beryapti:

Jamoaning eng yaxshi javobi

«Tushunaman. Siz uchun eng muhimi nima — narxmi yoki natija?»

Dilnoza va Jasur shu javob bilan ko‘proq uchrashuv belgilamoqda

0:40

Dilnozaning qo‘ng‘irog‘idan parcha. Shuni sinab ko‘ring.

Tushundim, bugun sinab ko‘raman!

Bizga ishongan kompaniyalar

  • Inter Nation English school
  • IDU
  • Edu Master
  • Mars IT
  • Milliard
  • CoddyCamp
  • MFaktor
  • Strawberry House
  • Sales Doctor
  • Jahon School
  • Dusel
  • Jalousie

70+

kompaniya bilan ishlaganmiz

+30%

IDU universitetida sotuv o‘sishi

Muammo

Tizim bor, lekin foyda yo‘qmi?

  • Tizim xatoni ko‘rsatadi, lekin uni hech kim tuzatmaydi

  • Bunga vaqt ham, odam ham yo‘q

  • Har bir sotuvchi o‘zicha gaplashadi: biri sotadi, boshqasi mijozni yo‘qotadi

Qanday ishlaydi?

Platformani siz emas, biz ishlatamiz.

Tizim ko‘rsatadi — biz tuzatamiz.

  1. 1

    Qo‘ng‘iroqlar va CRM

    Qo‘ng‘iroq yozuvlari

    CRM ma’lumotlari

    • Lidlar
    • Bitimlar
    • Voronka bosqichlari
  2. 2

    DeepSales tahlil qiladi

    Qo‘ng‘iroq · 4:12

    Jasur · transkript

    Namuna
    • Keyingi qadam belgilanmadi
    • Ehtiyoj aniqlanmadi
    • E’tirozga javob berilmadi

    CRM ko‘rsatkichlari

    Namuna
    • Lidga javob vaqti 14 daq
    • Bosqichlar bo‘yicha konversiya 12%
    • Lidlar sifati 64%
  3. Asosiy farq
    3

    Mutaxassisimiz butun tizimni kuzatadi

    Mutaxassis

    Qo‘ng‘iroqlar, lidlar va bitimlar — hammasini bitta odam ko‘rib boradi.

    • Qo‘ng‘iroqlar
    • Lidlar
    • Bitimlar
    • Bosqichlar
  4. 4

    Har bir sotuvchi ko‘rsatma oladi

    Azizga

    3 ta lidga kech bog‘lanildi

    Yangi lidga darhol qo‘ng‘iroq qiling.

    Jasurga

    Keyingi qadam belgilanmadi

    Suhbat oxirida keyingi qadamni aniq belgilang.

    Madinaga

    Bitimlar uchrashuvdan keyin to‘xtab qolmoqda

    Uchrashuvdan keyin mijoz bilan qayta bog‘laning.

  5. 5

    Siz natijani ko‘rasiz

    Haftalik hisobot

    Rahbar uchun

    Namuna
    SotuvchiLidga javobQo‘ng‘iroq bahosi
    Dilnoza4 daq71
    Jasur9 daq69
    Aziz26 daq66

    Bosqichlar bo‘yicha konversiya

    • Aloqa62%
    • Uchrashuv34%
    • Bitim12%

    Lidlar sifati

    64% sifatli · 36% sifatsiz

Qo‘ng‘iroqlar
Dastur
Dashboard
Siz o‘zingiz o‘qiysiz va tuzatasiz

Asosiy ustunlik

Eng yaxshi sotuvchingizdan — butun jamoaga

Har bir jamoada yaxshi sotadigan 1–2 kishi bor. Biz ularning usulini hammaga o‘rgatamiz.

  1. 1

    Eng yaxshi qo‘ng‘iroqlarni topamiz

    Har hafta eng yuqori baho olgan va sotuv bilan tugagan qo‘ng‘iroqlarni ajratamiz.

  2. 2

    Nima ishlaganini aniqlaymiz

    Qanday savol berdi, narxni qachon aytdi, e’tirozga qanday javob berdi.

  3. 3

    Butun jamoaga o‘rgatamiz

    Skript yangilanadi, sotuvchilar hamkasbining real qo‘ng‘irog‘ini eshitadi.

Skript bir marta yozilib qolmaydi — u har hafta yangilanib boradi.

Butun sotuv tizimi

Nimalarni tuzatamiz

Qo‘ng‘iroqlar sifati

Har bir sotuvchi mijoz bilan qanday gaplashayotgani.

Lidga o‘z vaqtida bog‘lanish

Yangi lidlarga qancha vaqtda javob berilayotgani.

Konversiya

Qaysi bosqichda va qaysi sotuvchida mijozlar yo‘qolayotgani.

Lidlar sifati

Qaysi lidlar sifatsiz kelayotgani — bu marketing uchun ham muhim signal.

O‘rnatish oyi

Birinchi 30 kun

  1. 1-hafta

    CRM’ga ulaymiz, qo‘ng‘iroqlar va CRM ko‘rsatkichlari uchun baholash mezonlarini sozlaymiz.

  2. 2-hafta

    Eng kuchli sotuvchilaringizdan skript yaratamiz.

  3. 3-hafta

    Jamoangizni yangi standartga o‘qitamiz.

  4. 4-hafta

    Har bir sotuvchiga shaxsiy fikr, rahbarga diagnostika hisoboti.

Rahbar uchun

Siz nima olasiz

Vaqtingiz tejaladi

Qo‘ng‘iroqlarni tinglash va sotuvchilarni o‘rgatish bilan siz shug‘ullanmaysiz.

Har bir sotuvchi bilan ishlanadi

Mutaxassisimiz har bir sotuvchiga uning o‘z qo‘ng‘iroqlari bo‘yicha ko‘rsatma beradi.

Standart saqlanadi

Jamoa bitta skript va bitta baholash mezonlari bo‘yicha ishlaydi.

Aniq manzara

Kim lidlarga o‘z vaqtida javob beryapti, qaysi bosqichda mijoz yo‘qolyapti va qaysi lidlar sifatsiz — qisqa hisobotda ko‘rasiz.

Jamoa

Siz bilan kimlar ishlaydi

Sizga dastur emas — tajribali jamoa biriktiriladi.

Rustam Normamatov

Rustam Normamatov

DeepSales hammuassisi va CEO

IDU universitetida sotuv bo‘limini boshqarganman va sotuvni 30% ga oshirganmiz. Bugun 70 dan ortiq kompaniyaning sotuv jamoalari bilan ishlaganmiz. Har bir loyihani shaxsan nazorat qilaman.

  • Sotuv bo‘limi mutaxassisi

    Sotuv jarayoningizni o‘rganadi, skript va standartlarni quradi, siz bilan natijalar bo‘yicha ishlaydi.

  • Tajribali sotuvchi

    Sotuvchilaringiz bilan shaxsan ishlaydi: qo‘ng‘iroqlarni eshitadi, xatolarni ko‘rsatadi va real misollar bilan o‘rgatadi.

  • Texnik mutaxassis

    Tizimni ulaydi, qo‘ng‘iroqlar va chatlar tahlilini sozlaydi, hammasi uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.

Sizdan nima kerak

Sizdan faqat bitta uchrashuv. Qolgan hamma ishni biz qilamiz.

1 soatlik tanishuvsotuv jarayoningiz va maqsadlaringiz haqida
Haftasiga 2 daqiqaqisqa hisobotni o‘qish uchun
Ulash va sozlashhammasini o‘zimiz qilamiz

Farq

Boshqa tahlil xizmatlari va DeepSales

SavolBoshqa tahlil xizmatlariDeepSales
Nima beriladi Dastur va dashboard Tahlil, mutaxassis nazorati va har bir sotuvchi bilan ish
Hisobotlarni kim o‘qiydi Siz Mutaxassisimiz. Siz qisqa haftalik hisobotni olasiz
Sotuvchilar bilan kim ishlaydi Siz Mutaxassisimiz, har biri bilan alohida
Platforma uchun oylik to‘lov Ha Yo‘q — o‘rnatishdan keyin bepul
Nima uchun to‘laysiz Dasturdan foydalanish uchun Bajarilgan ish uchun: nazorat va o‘rgatish

Hamkorlik

Platforma — bepul

Platformani o‘zimiz ishlatib beramiz. Xizmat shartlarini esa siz bilan birga kelishamiz.

Boshqa tahlil xizmatlarida platforma uchun har oy to‘laysiz. Bizda — yo‘q.

Platforma bepul

Oylik obuna ham, litsenziya to‘lovi ham yo‘q.

Uni o‘zimiz ishlatamiz

Qo‘ng‘iroqlar va CRM’ni mutaxassislarimiz kuzatadi, sotuvchilaringiz bilan o‘zlari ishlaydi.

Shartlarni birga kelishamiz

Xizmat hajmi va narxini jamoangiz va vazifalaringizga qarab kelishamiz.

Qo‘shimcha mahsulot

Platformani o‘zingiz ishlatmoqchimisiz?

Jamoangiz tizimni o‘zi boshqarishni xohlasa — AI qo‘ng‘iroq tahlili bilan DeepSales CRM’ni kompaniyangizga o‘rnatamiz. Bir marta o‘rnatasiz — doim sizniki.

DeepSales CRM bilan tanishish
DeepSales CRM boshqaruv paneli

Savollar

Ko‘p beriladigan savollar

Platformani o‘zimiz ishlatishimiz shartmi?

Yo‘q. Platformani biz ishlatamiz: qo‘ng‘iroqlarni mutaxassislarimiz ko‘rib chiqadi va sotuvchilaringiz bilan o‘zlari ishlaydi. Siz faqat qisqa haftalik hisobotni olasiz.

Sotuvimiz oshishini kafolatlaysizmi?

Biz aniq savdo raqamini kafolatlamaymiz. Biz ishni kafolatlaymiz: har bir sotuvchi nazorat ostida bo‘ladi va har biri bilan mutaxassisimiz shaxsan ishlaydi.

Nima uchun narx sotuvchilar soniga bog‘liq?

Chunki biz har bir sotuvchining qo‘ng‘iroqlarini ko‘rib chiqamiz va har biriga alohida ko‘rsatma beramiz. Sotuvchilar qancha ko‘p bo‘lsa, mutaxassis ishi ham shuncha ko‘p.

AI xarajatlari qancha bo‘ladi?

AI tahlil xarajatlari qo‘ng‘iroqlaringiz soni va davomiyligiga bog‘liq va mijoz tomonidan to‘lanadi. Aniq hisobni bepul diagnostikada, qo‘ng‘iroqlaringiz hajmiga qarab beramiz.

Sotuvchilarim qarshilik qilmaydimi?

Mutaxassisimiz sotuvchilarga nazoratchi emas, murabbiy sifatida ishlaydi. Kamchiliklar faqat sotuvchining o‘ziga aytiladi, yutuqlari esa sizga va jamoaga ko‘rsatiladi. Maqsad — sotuvchiga ko‘proq sotishga va ko‘proq daromad olishga yordam berish.

Natija qachon ko‘rinadi?

Birinchi oy oxirida diagnostika hisobotida boshlang‘ich ko‘rsatkichlar bilan solishtirib ko‘rsatamiz. Keyin har hafta qisqa hisobotda o‘sishni o‘zingiz kuzatib borasiz.

Qaysi sohalar bilan ishlaysiz?

Sotuvi telefon va messenjerlar orqali bo‘ladigan, 5 va undan ortiq sotuvchisi bor kompaniyalar bilan. Eng katta tajribamiz ta’lim sohasida: o‘quv markazlari va universitetlar.

Bepul diagnostika

Bepul diagnostika: 1 haftalik qo‘ng‘iroqlaringizda qayerda mijoz yo‘qotayotganingizni ko‘rsatamiz.

Oyiga faqat 20 ta kompaniya.