Qo‘ng‘iroqlar sifati
Har bir sotuvchi mijoz bilan qanday gaplashayotgani.
Tizim ko‘rsatadi — biz tuzatamiz
Sotuvchilaringizning qo‘ng‘iroqlarini har kuni eshitamiz va ularni eng yaxshi sotuvchingizdek gaplashishga o‘rgatamiz. Bu shunchaki dastur emas — sotuvchilaringiz bilan shaxsiy mutaxassis ishlaydi.
DeepSales mutaxassisi
Aziz bilan chat
Qo‘ng‘iroqdan parcha · 2:14
Mijoz: "Qimmat ekan..."
Sotuvchi: "Ha, qimmat."
Jamoaning eng yaxshi javobi
«Tushunaman. Siz uchun eng muhimi nima — narxmi yoki natija?»
Dilnoza va Jasur shu javob bilan ko‘proq uchrashuv belgilamoqda
Dilnozaning qo‘ng‘irog‘idan parcha. Shuni sinab ko‘ring.











70+
kompaniya bilan ishlaganmiz
+30%
IDU universitetida sotuv o‘sishi
Muammo
Tizim xatoni ko‘rsatadi, lekin uni hech kim tuzatmaydi
Bunga vaqt ham, odam ham yo‘q
Har bir sotuvchi o‘zicha gaplashadi: biri sotadi, boshqasi mijozni yo‘qotadi
Qanday ishlaydi?
Tizim ko‘rsatadi — biz tuzatamiz.
Qo‘ng‘iroq yozuvlari
CRM ma’lumotlari
Qo‘ng‘iroq · 4:12
Jasur · transkript
NamunaCRM ko‘rsatkichlari
NamunaMutaxassis
Qo‘ng‘iroqlar, lidlar va bitimlar — hammasini bitta odam ko‘rib boradi.
Azizga
3 ta lidga kech bog‘lanildi
Yangi lidga darhol qo‘ng‘iroq qiling.
Jasurga
Keyingi qadam belgilanmadi
Suhbat oxirida keyingi qadamni aniq belgilang.
Madinaga
Bitimlar uchrashuvdan keyin to‘xtab qolmoqda
Uchrashuvdan keyin mijoz bilan qayta bog‘laning.
Haftalik hisobot
Rahbar uchun
| Sotuvchi | Lidga javob | Qo‘ng‘iroq bahosi |
|---|---|---|
| Dilnoza | 4 daq | 71 |
| Jasur | 9 daq | 69 |
| Aziz | 26 daq | 66 |
Bosqichlar bo‘yicha konversiya
Lidlar sifati
64% sifatli · 36% sifatsiz
Asosiy ustunlik
Har bir jamoada yaxshi sotadigan 1–2 kishi bor. Biz ularning usulini hammaga o‘rgatamiz.
Har hafta eng yuqori baho olgan va sotuv bilan tugagan qo‘ng‘iroqlarni ajratamiz.
Qanday savol berdi, narxni qachon aytdi, e’tirozga qanday javob berdi.
Skript yangilanadi, sotuvchilar hamkasbining real qo‘ng‘irog‘ini eshitadi.
Skript bir marta yozilib qolmaydi — u har hafta yangilanib boradi.
Butun sotuv tizimi
Har bir sotuvchi mijoz bilan qanday gaplashayotgani.
Yangi lidlarga qancha vaqtda javob berilayotgani.
Qaysi bosqichda va qaysi sotuvchida mijozlar yo‘qolayotgani.
Qaysi lidlar sifatsiz kelayotgani — bu marketing uchun ham muhim signal.
O‘rnatish oyi
1-hafta
CRM’ga ulaymiz, qo‘ng‘iroqlar va CRM ko‘rsatkichlari uchun baholash mezonlarini sozlaymiz.
2-hafta
Eng kuchli sotuvchilaringizdan skript yaratamiz.
3-hafta
Jamoangizni yangi standartga o‘qitamiz.
4-hafta
Har bir sotuvchiga shaxsiy fikr, rahbarga diagnostika hisoboti.
Rahbar uchun
Qo‘ng‘iroqlarni tinglash va sotuvchilarni o‘rgatish bilan siz shug‘ullanmaysiz.
Mutaxassisimiz har bir sotuvchiga uning o‘z qo‘ng‘iroqlari bo‘yicha ko‘rsatma beradi.
Jamoa bitta skript va bitta baholash mezonlari bo‘yicha ishlaydi.
Kim lidlarga o‘z vaqtida javob beryapti, qaysi bosqichda mijoz yo‘qolyapti va qaysi lidlar sifatsiz — qisqa hisobotda ko‘rasiz.
Jamoa
Sizga dastur emas — tajribali jamoa biriktiriladi.
DeepSales hammuassisi va CEO
IDU universitetida sotuv bo‘limini boshqarganman va sotuvni 30% ga oshirganmiz. Bugun 70 dan ortiq kompaniyaning sotuv jamoalari bilan ishlaganmiz. Har bir loyihani shaxsan nazorat qilaman.
Sotuv jarayoningizni o‘rganadi, skript va standartlarni quradi, siz bilan natijalar bo‘yicha ishlaydi.
Sotuvchilaringiz bilan shaxsan ishlaydi: qo‘ng‘iroqlarni eshitadi, xatolarni ko‘rsatadi va real misollar bilan o‘rgatadi.
Tizimni ulaydi, qo‘ng‘iroqlar va chatlar tahlilini sozlaydi, hammasi uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.
Sizdan nima kerak
Sizdan faqat bitta uchrashuv. Qolgan hamma ishni biz qilamiz.
Farq
| Savol | Boshqa tahlil xizmatlari | DeepSales |
|---|---|---|
| Nima beriladi | Dastur va dashboard | Tahlil, mutaxassis nazorati va har bir sotuvchi bilan ish |
| Hisobotlarni kim o‘qiydi | Siz | Mutaxassisimiz. Siz qisqa haftalik hisobotni olasiz |
| Sotuvchilar bilan kim ishlaydi | Siz | Mutaxassisimiz, har biri bilan alohida |
| Platforma uchun oylik to‘lov | Ha | Yo‘q — o‘rnatishdan keyin bepul |
| Nima uchun to‘laysiz | Dasturdan foydalanish uchun | Bajarilgan ish uchun: nazorat va o‘rgatish |
Hamkorlik
Platformani o‘zimiz ishlatib beramiz. Xizmat shartlarini esa siz bilan birga kelishamiz.
Boshqa tahlil xizmatlarida platforma uchun har oy to‘laysiz. Bizda — yo‘q.
Oylik obuna ham, litsenziya to‘lovi ham yo‘q.
Qo‘ng‘iroqlar va CRM’ni mutaxassislarimiz kuzatadi, sotuvchilaringiz bilan o‘zlari ishlaydi.
Xizmat hajmi va narxini jamoangiz va vazifalaringizga qarab kelishamiz.
Qo‘shimcha mahsulot
Jamoangiz tizimni o‘zi boshqarishni xohlasa — AI qo‘ng‘iroq tahlili bilan DeepSales CRM’ni kompaniyangizga o‘rnatamiz. Bir marta o‘rnatasiz — doim sizniki.
DeepSales CRM bilan tanishish
Savollar
Yo‘q. Platformani biz ishlatamiz: qo‘ng‘iroqlarni mutaxassislarimiz ko‘rib chiqadi va sotuvchilaringiz bilan o‘zlari ishlaydi. Siz faqat qisqa haftalik hisobotni olasiz.
Biz aniq savdo raqamini kafolatlamaymiz. Biz ishni kafolatlaymiz: har bir sotuvchi nazorat ostida bo‘ladi va har biri bilan mutaxassisimiz shaxsan ishlaydi.
Chunki biz har bir sotuvchining qo‘ng‘iroqlarini ko‘rib chiqamiz va har biriga alohida ko‘rsatma beramiz. Sotuvchilar qancha ko‘p bo‘lsa, mutaxassis ishi ham shuncha ko‘p.
AI tahlil xarajatlari qo‘ng‘iroqlaringiz soni va davomiyligiga bog‘liq va mijoz tomonidan to‘lanadi. Aniq hisobni bepul diagnostikada, qo‘ng‘iroqlaringiz hajmiga qarab beramiz.
Mutaxassisimiz sotuvchilarga nazoratchi emas, murabbiy sifatida ishlaydi. Kamchiliklar faqat sotuvchining o‘ziga aytiladi, yutuqlari esa sizga va jamoaga ko‘rsatiladi. Maqsad — sotuvchiga ko‘proq sotishga va ko‘proq daromad olishga yordam berish.
Birinchi oy oxirida diagnostika hisobotida boshlang‘ich ko‘rsatkichlar bilan solishtirib ko‘rsatamiz. Keyin har hafta qisqa hisobotda o‘sishni o‘zingiz kuzatib borasiz.
Sotuvi telefon va messenjerlar orqali bo‘ladigan, 5 va undan ortiq sotuvchisi bor kompaniyalar bilan. Eng katta tajribamiz ta’lim sohasida: o‘quv markazlari va universitetlar.
Bepul diagnostika
Oyiga faqat 20 ta kompaniya.